27 fev 16:16
Yangiliklar
Tennis
Akgul Amanmuradova bugun Dohada kortga chiqadi
1-7 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida mukofot jamg'armasi 565.530 AQSH dollarini tashkil qiladigan "Doha WTA 500" turniri bo'lib o'tadi.
Bugun musobaqaning asosiy to'ri uchun saralash bosqich o'yinlari boshlanadi. Mamlakatimizning 2-raketkasi Akgul Amanmuradova ham ushbu turnirning saralash bahsida ishtirok etadi. Birozdan so'ng tennischimiz qozog'istonlik Yaroslava SHvedovaga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Amanmuradova WTA reytingida 425, SHvedova esa 1028-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar