12 mar 08:55
Yangiliklar
Futbol

Akinfeev afsonaviy Yashinning rekordini yangiladi
CSKA darvozaboni Igor Akinfeev mamlakat chempionatida "quruq" uchrashuv o'tkazish bo'yicha sobiq Ittifoq terma jamoasi posboni Lev Yashinning rekordini yangiladi.
Kecha "Tom" klubiga qarshi bo'lib o'tgan RFPLning 19-tur bahsida (4:0) 30 yoshli futbolchi gol o'tkazmadi va faoliyati davomida Rossiya chempionatidagi 161-quruq bahsini o'tkazdi.
Bundan tashqari, ayni damda Akinfeev RFPLda quruq seriyali daqiqalar bo'yicha rekordchi bo'lib turibdi - 603 daqiqa.
Havola :
Fikrlar