25 iyu 10:41
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/552_220.jpg)
Akinfeev Evro-2016da zarbalarni qaytarish bo'yicha kuchli uchlikda
Futbol bo'yicha Rossiya terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeev Evro-2016 musobaqasining guruh bosqichida zarbalarni qaytarish bo'yicha uchinchi o'rinni band etdi.
Moskvaning CSKA klubi posboni Angliya (1:1), Slovakiya (1:2) va Uels(0:3) termalariga qarshi uchrashuvlarda 14 marotaba “seyv”larni amalga oshirgan. Xuddi shunday ko'rsatkich Turkiya darvozaboni Volkan Babajan va ukrainlik posbon Andrey Pyatovda ham bor.
Bu borada Islandiya terma jamoasi darvozaboni Xannes Xaldersson 19ta “seyv” bilan etakchilik qildi. Zarbarlarni 16 marotaba mohirona tarzda qaytargan SHimoliy irlandiyaliklar azosi Maykl Makgovern esa ikkinchi o'rindan joy oldi.
Havola :
Fikrlar