17 fev 14:31
Yangiliklar

Akmal Saidov Zangiota tumanidagi iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi
Uchrashuv tumandagi sport va ilm-fan yo'nalishida malum yutuqlarni qo'lga kiritgan yoshlar, shuningdek, salohiyatli kelajak avlod bilan davra suhbati shaklida bo'lib o'tdi.
Davra suhbatida bugungi kunda yoshlarimizning o'z oldilaridagi maqsadlari va ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar yoshlar bilan birgalikda atroflicha tahlil qilindi.
Uchrashuvda tumanning iqtidorli sportchilari tomonidan xalqaro maydonlarda qo'lga kiritilgan bir qator yutuqlari bo'yicha maxsus ko'rgazma tashkil etildi.
Tadbir yakunida Akmal Saidov Zangiota tumani yoshlari uchun tumanda joylashagan bolalar va o'smirlar sport maktabiga Prezident sovg'alari – sport anjomlarini topshirdi. SHuningdek, Taekvondo ITF Toshkent viloyati bo'limiga ikkita tatami sovg'a qilindi.
Fikrlar