20 fev 15:44
Yangiliklar
Tennis

Aktobe. Sanjar Fayziev ilk davradayoq imkoniyatni boy berdi
Aktobeda tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Bugun turnirda ishtirok etayotgan tennischimiz Sanjar Fayziev ilk davrada Isroil vakili Ben Pataelga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 37 daqiqa davom etgan o'yinda Sanjar afsuski raqibiga 3:6, 6:7 hisobida mag'lub bo'ldi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Bungacha u mazkur turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Markos Kalovelonis bilan birga kortga chiqib Deviatiarov (Ukraina)/Serapim (Germaniya) tandemiga 6:7, 6:7 hisobida yutqazgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar