So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

13 sen 19:20
Yangiliklar

Futbol

"Al Hilol" - "Paxtakor". SHota Arveladze va Egor Krimec ishtrokidagi o'yinoldi matbuot anjumani

Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" ustozi va sardori ishtirok etishdi.

"Biz raqibni juda yaxshi bilamiz. Ularning qanday kuchga ega ekanligini ham bilamiz. O'tgan yil ham Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etganmiz. Bu yil ham o'z rejamiz asosida ishlab kelayapmiz", - deb gap boshladi SHota Arveladze.



"Murabbiyning fikriga qo'shilaman, bu dunyo uchun juda qiyin davr bo'ldi. O'ylashimcha, buni biroz bo'lsa ham enga oldik. Futbolga kelsak biz bu bahsni anchadan buyon kutayotgandik. Osiyo chempionlar ligasi qayta boshlanishini sabrsizlik bilan kutdik. O'zbekiston chempionatidagi o'yinlar orqali bo'lajak bahslarga tayyorlandik. Menimcha ertaga juda qiziqarli o'yin bo'ladi", - deydi Egor Krimec.


- "Al Hilol" safida 5 nafar futbolchidan koronavirus infekciyasi aniqlandi. Bu ertangi o'yinga qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz? Jamoaingizda barcha sog'-salomatmi?

- Avvalambor barchaga sog'lik tilayman. Hech kim kasal bo'lmasligini xohlayman. Biz juda ham jiddiy vaziyatda turibmiz. Barchamiz futbol o'ynaymiz. Yaxshi o'yin namoyish etish uchun esa barcha sog'lom bo'lishi kerak. SHu bois barchaga sog'lik tilayman. Kasal bo'lganlar haqida bir gap ayta olmayman. Faqat ularning tezroq tuzalishlarini tilab qolaman.

- O'zbekiston chempionatining oxirgi turlarini qisqa muddatda o'tkazdinglar. Tig'iz taqvim OCHLdagi ishtirokingizga qanday tasir qiladi o'ylaysiz?

- Har uch kunda o'yin o'tkazganimiz qanday tasir qilishini o'yinlar orqali ko'ramiz. Evropada bu taqvim odatiyga aylangan. To'g'ri, biz uchun noodatiy holat bo'ldi, ammo ertaga maydonga tushib o'ynashimiz kerak, uyog'ini ko'ramiz.



- Osiyo chempionlar ligasi markazlashgan tartibda o'tmoqda. Bu jamoangizga ustunlik beradimi?

- Bu aynan bir jamoaga ustunlik beradi deb o'ylamayman. Faqat meni qiziqtirayotgan bir narsa har uch kunda o'yinlarda qanday harakat qila olishimizda. Boshqa jamoalar ham bunga qanchalik tayyor ekanligi qiziq. Markazlashgan musobaqada barcha teng holatda bo'ladi. Bu kimgadir yaqqol ustunlik beradi deb o'ylamayman.



- "Al Hilol"ning hujumi juda ham kuchli. Raqib murabbiyi O'zbekiston ligasi Saudiya Arabistoni ligasidan ancha kuchsiz deb aytdi. "Paxtakor" ertaga "Al Hilol" hujumlarni qaytarishga qanchalik tayyor?

Egor Krimec: - O'ylashimcha biz yaxshi tayyorlandik. "Al Hilol"ning ko'plab o'yinlarini ko'rdik. Ligalar borasida menimcha Saudiya Arabistoni bizdan qaysidir jihatlari bilan ustun bo'lishi mumkin, ammo barcha jabhada ustun emas.


Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. "Sport" telekanali o'yinni jonli namoyish etadi. 


Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing