22 dek 18:50
Yangiliklar
Futbol
Alaba sakkizinchi bor Avstriyaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
"Real" himoyachisi David Alaba Avstriyaning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
U Avstriya chempionatining 12 klubi bosh murabbiyining ovoziga ko'ra g'alaba qozondi.
44 ochko to'plagan Alaba Karim Adeyemi ("Zalcburg") va Kristof Baumgartner ("Xoffenxaym")dan o'tib ketdi.
Alaba faoliyatini davomida ushbu mukofotni sakkizinchi bor qo'lga kiritdi va bu rekorddir.
Avstriyalik 2021/22 yilgi mavsum "Real" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Apa.at
Fikrlar