09 may 13:40
Yangiliklar
Futbol
Alabaning xizmatlari "Yuventus" va "Milan"ga taklif etildi
David Alabaning agenti Pini Zaxavi "Real" himoyachisining xizmatlarini "Yuventus" va "Milan"ga taklif qilgan.
Alabaning "Bernabeu"dagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va tajribali himoyachi yangi klub qidirmoqda. Jarohatlarga to'la joriy mavsumda Alaba atigi 14 ta o'yinda maydonga tushdi.
"Milan" va "Yuventus"dan tashqari, avstriyalik futbolchini MLS va Saudiya Arabistoni klublari qiziqtirmoqda.
Bundan tashqari, "Zalcburg" uni o'z vataniga qaytarib, "Red Bull" tizimida yosh o'yinchilarni rivojlantirishga yordam berishini istamoqda.
Havola :
Manba : Corriere dello Sport
Fikrlar