12 jan 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov Sneyder va Trezege bilan uchrashdi + FOTO
UFC shon-shuhrat zali azosi, engil vaznda promoushenning chempioni taniqli futbolchilar Uesli Sneyder va David Trezege bilan uchrashdi.
Jahon chempionatining ikki karra sovrindori (2010, 2014), Evropa chempionati bronza medali egasi (2004), "Ayaks", "Real", "Inter", "Galatasaroy" kabi jamoalar safida o'ynagan niderlandiyalik Uesli Sneyder Xabib Nurmagomedov bilan birga tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi va uning ostida qisqa fikr ham qoldirdi.
"Ko'rishish juda yoqimli bo'ldi, Xabib", - deb yozdi Sneyder.
Xabib Nurmagomedov MMA tarixidagi eng muvaffaqiyatli jangchilardan biri hisoblanadi. Aralash yakkakurashlardagi faoliyati davomida u 29 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. UFC ligasida 13 ta g'alaba qayd etgan.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar