30 noy 17:10
Yangiliklar
Tennis

Albina Hindistondagi turnirning chorak finalida kortga chiqdi
Tennischimiz Albina Xabibulina Hindistonning Indaur shahri mezbonlik qilayotgan, sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etyapti.
Bir necha daqiqa avval hamyurtimiz yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda hindistonlik Pranjala Yadlapalliga qarshi kortga chiqdi. Xabibulina turnirning sakkizinchi, Yadlapalli esa 4-raqamli tennischisi hisoblanardi. Uchrashuvda tajribaliroq bo'lgan hind tennischisi 6:4, 6:4 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Albina kecha musobaqaning yakkalik bahslari birinchi bosqichida hindistonlik Nidxi CHilimulani 1:6, 6:2, 6:1, ikkinchi davrada esa yana bir mezbonlar vakilasi Buvana Xalvani 1:6, 6:1, 6:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar