So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

15 iyu 08:30
Yangiliklar

Boshqalar

Aleksandr Petrov: “Olmaliq” Osiyo chempionatida yuqori natijalar uchun kurashadi”

Teglar :  FutzalOlmaliqPetrov
Kecha Bangkokdagi “Fourvings Grand Konvention” mehmonxonasida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining tashkiliy ishlar bo'yicha yig'ilishi o'tkazildi.

Dastlabki tadbirda musobaqa formati, taqvimi, jamoalarning uchrashuvlarda foydalanadigan liboslari, marketing, media, tibbiy masalalar, tartib-intizom va doping nazorati kabi yo'nalishlar borasida malumot berildi.

Keyin jamoalar shifokori va massajchilari ishtirokida alohida seminar boshlandi. Unda har bir futbolchini musobaqa davomida sog'ligi nazorat qilib borilishi hamda doping nazorati jiddiy o'tkazilishi takidlandi.

SHundan so'ng esa jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. “Olmaliq” bosh murabbiyi Aleksandr Petrovning turnir bo'yicha fikrlari quyidagicha bo'ldi.

- “Olmaliq” jamoasi tashkil etilganiga ikki yil bo'ldi. Jamoa yosh bo'lishiga qaramasdan ketma-ket ikki yildan buyon chempionlikni qo'lga kirityapti. Turnir borasida aytadigan bo'lsam, “Olmaliq” shunchaki ishtirok etish uchun kelmagan. Jamoa iloji boricha yuqori natijalar uchun kurashadi. Guruhimizda Eron jamoasi favorit. Ammo biz ham bu turnirda o'z salohiyatimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing