So’nggi yangiliklar

14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0 09:26Чемпион Волкановски навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди. У Евлоев эмас! 0

28 jan 18:18
Yangiliklar

Futbol

Aliboev gol urdi va "Seul" OCHL guruh bosqichiga chiqdi

Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichining sharq mintaqasidagi barcha uchrashuvlari yakuniga etdi.

Oldinroq "SHanxay SIPG" Tailandning "Buriram Yunayted" klubini taslim etib, musobaqa guruh bosqichiga chiqqan edi.

Toshkent vaqti bilan 15:00da OCHLning sharq mintaqasi klublari o'rtasidagi 3ta uchrashuv boshlandi. Ikrom Aliboev to'p tepayotgan "Seul" klubi pley-off bosqichida Malayziyaning "Kedah" jamoasini qabul qildi . Mezbonlarning ustunligi ostida kechgan bahs 4:1 hisobida yakuniga etdi. Bahsdagi so'nggi gol terma jamoamiz yarim himoyachisi Aliboevga tegishli bo'ldi. Yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berib, to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi. SHunday qilib "Seul" OCHLning "E" guruhiga tushdi.

"Kashim Antlers" o'z uyida "Melburn Viktori"ni qabul qildi va sensacion mag'lubiyatga uchradi. Avstraliya jamoasi yapon klubini mehmonda taslim etib, OCHL guruh bosqichi yo'llanmasini naqd qildi.


SHarq mintaqasidagi so'nggi pley-off bahsida "Tokio" Filippinning "Keres" klubini qabul qildi va ko'pchilik kutganidek ishonchli hisobda (2:0) g'alaba qozondi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing