30 mar 17:24
Yangiliklar
Alkaraz Cicipacni "Masters" turniridan chiqarib yubordi
Unda jahonning 5-raketkasi, 23 yoshli greciyalik Stefanos Cicipas va ATR reytingida 16-o'rinni egallab turgan 18 yoshli ispaniyalik Karlos Alkaraz (16-raqamli) chorak final chiptasi uchun bahs olib borishdi.
Alkaraz 1 soatu 52 daqiqa davom etgan uchrashuvda Cicipasni 7/5, 6/3 hisobida mag'lub etib, chorak final ishtirokchisiga aylandi.
O'yindan so'ng Karlos uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
“Bu juda ham qiyin bo'ldi. U aql bovar qilmaydigan kuchli o'yin namoyish etdi. Ammo g'alaba qozonish uchun oxirgicha kurashdim. O'yin davomida uning taktikasini o'rganishga va unga qarshi harakat qilishga harakat qildim va bu menga yordam berdi", - deya Karlosning so'zlarini keltiradi ATR matbuot xizmati.
CHorak finalda Alkaraz ATR reytingida 48-o'rinni egallab turgan serbiyalik Miomir Kecmanovichga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar