02 apr 09:37
Yangiliklar
Tennis
Alkaraz Mayami "Masters"ining eng yosh uchinchi yarim finalchisiga aylandi
Ispaniyalik Karlos Alkaraz Mayamidagi "Masters" turnirining chorak finalida Miomir Kechmanovichdan ustun keldi – 6/7, 6/3, 7/6.
Ayni vaqtda 18 yoshu 11 oylik bo'lgan Alkaraz Mayami "Masters"ining eng yosh yarim finalchilari ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Undan Rafael Nadal (2005 yilda u 18 yoshu 10 oyligida 1/2 finalga chiqqan) va Feliks Oje (2019 yilda 18 yoshu 8 oyligida 1/2 finalga chiqqan) oldinda.
Bundan tashqari, Alkaraz Amerikaning ikki "Masters" turniri Indian-Uells va Mayami turnirida yarim finalga chiqqan eng yosh tennischiga aylandi. Faqatgina u 18 yoshida bunday muvaffaqiyatga erishdi. Nadal, Novak Jokovich, Endi Marrey va Andre Agassi 19 yoshida buni uddalashgan.
Final yo'llanmasi uchun Alkaraz amaldagi chempion Xubert Xurkachga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar