05 apr 07:27
Yangiliklar
Tennis
Alkaraz Mayamidagi g'alabasini kimga bag'ishladi?
Ispaniyalik tennischi Karlos Alkaraz Mayamida qo'lga kiritgan "Masters" unvonini 20 mart kuni vafot etgan murabbiyi Xuan Karlos Ferrero Eduardoning otasiga bag'ishladi.
18 yoshli tennischi g'alabadan so'ng kameraga «Eduardo doim biz bilan», - deb yozdi.
Eslatib o'tamiz, Ferreroning o'zi turnirga finaldan bir kun avval kelgandi. «Bu vaziyatda menga ham, Karlosga ham qiyin edi. SHunday bo'lsada, u darajasini saqlab qola oldi va koncentraciyani yanada kuchaytirishga harakat qildi», - deydi mutaxassis.
«Butun jamoam va oilamga rahmat. Xuan Karlos bu erga u uchun og'ir vaqtda keldi. Unga faoliyatimdagi shunday muhim lahzada men bilan bo'lganligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu ajoyib», - dedi Alkaraz taqdirlash marosimi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar