05 mar 14:51
Yangiliklar
Tennis
Alkaraz Nadaldan so'ng "Devis Kubogi"da debyut qilgan eng yosh tennischiga aylandi
Jahonning 19-raketkasi Karlos Alkaraz "Devis Kubogi" saralashida Marius Kopildan ustun keldi - 6:4, 6:3.
18 yoshu 303 kunlik bo'lgan Alkaraz 2004 yildan buyon Rafael Nadaldan keyin Ispaniya terma jamoasida debyut qilgan eng yosh tennischiga aylandi.
"Nihoyat debyutimni o'tkazganimdan va "Devis Kubogi"da o'z mamlakatim sharafini himoya qilganimdan juda xursandman. Men bolaligimdan buni orzu qilardim",-dedi Alkaraz.
Eslatib o'tamiz, Alkaraz "Devis Kubogi-2021" finalida terma jamoasida debyut qilishi kerak edi, biroq unda koronavirus aniqlangani uchun turnirni tark etgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar