02 sen 12:52
Yangiliklar
Futbol

Allegri "Yuventus" rahbariyatidan mamnun emas
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klubning transferlar oynasidagi siyosatidan mamnun emas.
"Football Italia" xabariga ko'ra, klubdagilar Allegrini qaytarishda bergan vadalarini bajarmagan. Mutaxassis klubning yozgi transferlar oynasida boshqacha ishlashini kutgandi.
Jumladan, Allegri rahbariyatga Miralem Pyanichni qaytarishni, shuningdek, Krishtianu Ronalduning o'rnini bosa oladigan futbolchini olib kelishni talab qilgan. Ammo klubdagilar bunga ulgurmagan.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Yuve" Moyze Kin va Manuel Lokatellini ijaraga olgan bo'lsa, yosh Muhammad Ixattaren tarkibga qo'shib olindi.
Havola :
Fikrlar