25 jan 14:09
Yangiliklar
"Almati" "er tishlatilgan" o'yinda "Baxtiyor do'ppi" va "CHekker" kimlarga nasib etdi? (VIDEO)
Kecha Toshkentning "Humo" xokkey jamoasi Qozog'iston Pro-Ligasining 38-turi doirasida Olma-Ota shahrining "Almati" jamoasiga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazib, 6:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Ushbu uchrashuvda bitta shayba kiritgan va sherigining yana bir shaybasiga assist bo'lgan "qanotlilar" himoyachisi Stanislav Tunxuzin eng yaxshi o'yinchi deb topildi.
"Humo"ning 51-raqamli, rossiyalik 32 yoshli himoyachisi Stanislav Tunxuzin ayni damgacha jamoaning ushbu mavsum doirasida 22 ta o'yinida muzga chiqqan. U bu o'yinlar davomida 4 ta shayba kiritgan va 11 bor sheriklarining shaybasiga hammuallif bo'lgan. Stas kecha o'zining sobiq jamoasiga qarshi muzga chiqib, ikki ochko ishlay oldi.
SHuningdek, "CHekker" unvonini Daniil Kurashov bu safar Pavel Sinyavskiyga uzatdi.
Etiborlisi, kecha jamoani o'zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov ham kiyinish xonasida qo'llab-quvvatladi.
Fikrlar