04 may 09:02
Yangiliklar

Almaty Open. Odil Karimov chorak finalda, qolganlarda mag'lubiyat
Almaty Open musobaqasining o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida 3 nafar tennischimiz ilk davrada g'alabaga erishib, ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi. Ulardan faqat bir nafari chorak finalga chiqdi.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Odil Karimov ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Maksim Maslovni 6:2, 6:2 hisobida taslim etdi. Uning yarim final ostonasidagi raqibi qozog'istonlik Malik Omarxanov bo'ladi.
Ilk bosqichda turnirning uchinchi raketkasi, rossiyalik Akshin Mextievni 6:4, 6:3 hisobida engib, kichik shov-shuv sababchisiga aylangan Iskandar Karimov esa mezbon tennischi Sundet Nagimetovga 2:6, 5:7 hisobida yutqazdi.
Yana bir hamyurtimiz Bekzod Rasamatov esa qozog'istonlik Damir Mahmudovga 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar