05 may 10:05
Yangiliklar
Tennis

Almaty Open. Odil Karimov yurishini to'xtatdi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Almaty Open musobaqasining o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida birinchi raqam ostida saralangan hamyurtimiz Odil Karimov chorak final uchrashuvida qozog'istonlik Malik Omarxanovga 3:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Malumot uchun, Odil Karimov avvaliga mezbon tennischi Nikita Sidorovni 7:5, 6:3, keyin esa rossiyalik Maksim Maslovni 6:2, 6:2 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar