08 iyu 10:06
Yangiliklar
Futbol

Alvesning faoliyatidagi sovrinlari soni 40 taga etdi va bu rekord!
Xabar berganimizdek, Braziliya terma jamoasi Kopa Amerika-2019 finalida Peruni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga sazovor bo'lgan 36 yoshli Dani Alvesning faoliyatidagi sovrinlari soni 40 taga etdi. Bu esa rekord hisoblanadi. Alves Braziliya terma jamoasi bilan 2 marta Kopa Amerika g'olibiga aylangan. U bu galgi musobaqada 6 ta o'yinda maydornga tushib, 1 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar