17 apr 09:53
Yangiliklar
Tennis
Amaldagi chempion Monte-Karlo "Masters" finalida!
Franciyaning Monako Qirolligida tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turniri davom etmoqda.
ATP reytingida 5-o'rinni egallab turgan greciyalik Stefanos Cicipas yarim final uchrashuvida dunyoning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi.
Musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan Cicipas 75 daqiqa davom etgan bahsda kuchli raqibini 6/4, 6/2 hisobida mag'lub etishni uddaladi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Stefanos endi 7:3 hisobda oldinda bormoqda.
Ushbu bahs davomida Zverev 3 ta, Stefanos esa beshta eys zarbani amalga oshirgan. Greciyalik tennischi Rolex Monte-Carlo Masters bosh sovrini uchun ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar