29 okt 18:06
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas "Masters"lardagi 100-g'alabasiga erishdi
Dunyoning 11-raketkasi Stefanos Cicipas tennis bo'yicha Parij "Masters" turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Greciyalik tennischi ilk davrada ATP reytingida 54-pog'onada borayotgan ispaniyalik Roberto Karbales-Baenani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/3, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 4:0.
Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Cicipas 11, Karbales-Baena 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ham, breyklar ham bir xil ko'rinishda Stefanos foydasiga hal bo'ldi - 4 ga 2!
SHu tariqa, Cicipas "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirlardagi o'zinig roppa-rosa 100-g'alabasini qo'lga kiritdi. Endi u 1/16 final uchrashuvida portugaliyalik Nunu Borgeshdan ustun kelgan chililik Alexandro Tabiloga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar