12 okt 13:47
Yangiliklar
Taekvondo
Osiyo o'yinlarida g'alaba qozongan Jasurbek Jaysunov Parij Gran-prisida ham shohsupaga ko'tarildi!
Franciya poytaxti Parijda taekvondo WT bo'yicha G6 tasnifidagi Gran-pri turniri nihoyasiga etdi.
Uch kun davom etgan musobaqaning yakuniy kungi bellashuvlarida terma jamoamiz azosi Jasurbek Jaysunov -80 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etdi.
O'z chiqishini nimchorak finaldan boshlagan hamyurtimiz turnir finaliga qadar etib bordi va hal qiluvchi bahsda braziliyalik amaldagi Jahon chempioni Enrike Markesga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medalga ega chiqdi.
Jasurbek 2 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Najmiddin Qosimxojiev va Ozoda Sobirjonova ham Parij Gran-prisida sovrindor bo'lishgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar