14 avg 10:30
Yangiliklar
Tennis
Amaldagi US Open chempioni unvonini himoya qilmaydi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turnirining amaldagi g'olibi Byanka Andreesku bu yilgi himoya musobaqasida qatnashmaslikka qaror qildi.
"Hurmatli muxlislar, yaqinlarim bilan uzoq davom etgan maslahatlashuvlardan keyin Nyu-Yorkka bormaslikka qaror qildim. Yuqori sport formasida qaytishim uchun hali biroz vaqt kerak. US Open turniridagi chempionlik hayotim mazmuniga aylangan.
Afsuski, chempionlik himoyasi amalga oshmaydigan bo'ldi. Bunga qaysidir manoda koronavirus pandemiyasi ham sabab bo'ldi, deyish mumkin. Koronavirus tufayli kerakli darajada mashg'ulot o'tkaza olmadim. Barchadan uzr so'rayman", - deya Andreeskuning so'zlarini keltirmoqda turnir matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSH Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi turniri chempioni Rafael Nadal ham musobaqaga kelmasligini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar