18 iyu 13:02
Yangiliklar
Amerika Kubogi. 1/4 final. Kolumbiya penaltilar seriyasida Peruni engdi
Kolumbiya terma jamoasi chorak final bahsida Peruni penaltilar seriyasida taslim etdi. O'yinning asosiy vaqti va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida kolumbiyaliklar 4:2 hisobida zafar quchishdi.
Bir kun avval AQSH terma jamoasi Ekvadorni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi. Ertaga tongda Venesuela – Argentina, keyin CHili – Meksika uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Amerika Kubogi. 1/4 final
PERU – KOLUMBIYA 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasida - 2:4
“New Meadowlands Stadium, East Rutherford”
Peru – Galese, Korso, Ramos, Rodriges, Trauko, Tapiya, Vilches, Polo (Benavente, 81), Kueva, Flores (Ruidias, 77), Gerrero.
Kolumbiya – Ospina, Aryas, Sapata, Murilo, Dias (Fabra, 90), Sanches, Torres (Peres, 80), Kuadrado, Kardona (Moreno, 76), Xames, Bakka.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 2:3, 2:4.
Ogohlantirishlar: Tapiya (63), Sapata (66), Dias (70).
Fikrlar