26 iyu 10:52
Yangiliklar

Amerika Kubogi-2016. Kolumbiya – bronza medal sohibi!
Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda musobaqa mezboni AQSH terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Karlos Bakka tomonidan kiritilgan yagona gol Kolumbiyaga bronza medalini taqdim etdi.
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda amaldagi chempion CHili terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonda saf tortadi.
Amerika Kubogi. 3-o'rin uchun bahs
AQSH – KOLUMBIYA 0:1 (0:1, 0:0)
“University of Phoenix Stadium”
Gol: 0:1 – 31 Bakka.
AQSH – Xovard, Orosko, Bezler, Yedlin, Kemeron, Jons, Bredli (Nagbe, 79), Bedoyya (Pulishich, 74), Vud, Dempsi, Zardes.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra, Aryas, Murilo, Selis (Medina, 87), Torres, Xames, Kuadrado (Moreno, 74), Kardona, Bakka (Martines, 79).
Ogohlantirishlar: Murilo (13), Bezler (22), Jons (41), Kuadrado (73), Orosko (87), Aryas (90). CHetlatish: Orosko (90), Aryas (90).
Fikrlar