29 dek 08:03
Yangiliklar
Anand - rapid yo'nalishida jahon chempioni, Qosimjonov esa...
King Salman World Rapid and Blitz Chess Championships musobaqasida 55 davlatdan 200 nafardan ziyod dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti.
Kecha jahon chempionatida rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha bahslar yakunlandi. So'nggi turdan keyin uch nafar shaxmatchi hindistonlik Vishvanatan Anand, rossiyaliklar Vladimir Fedoseev va Yan Nepomnyashiy 15 imkoniyatdan 10,5 ochko jamg'arishdi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra qo'shimcha ko'rsatkichlari yaxshiroq bo'lgan Anand va Fedoseev o'rtasida jahon chempioni nomini aniqlash uchun qo'shimcha tay-breyk o'ynaldi. Unda 1,5:0,5 hisobida g'alaba qozongan Vishvanatan Anand rapid, yani tezkor yo'nalishda jahoni chempioniga aylandi.
Hindistonlik shaxmatchi 250 000 dollar mukofot puliga ham ega bo'ldi. Fedoseev kumush, Yan Nepomnyashiy bronza medalini qo'lga kiritdi. Anand jahon toji uchun kurash davomida mag'lubiyatga uchramadi. To'qqizinchi turda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni ham mag'lub eta oldi. Karlsen 10 ochko bilan 5-o'rinni egalladi.
Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov esa jahon chempionatida 6ta g'alabaga erishdi. Beshta partiyada durangga imzo chekdi. Yakunda 8,5 ochko jamg'arib, o'z reytingini biroz bo'lsada oshirib olishga erishdi.
Fikrlar