28 iyu 08:46
Yangiliklar
Futbol
Anchelotti Benzemening jismoniy holati haqida gapirdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Karim Benzemaning holatiga baho berdi.
"Kam mashg'ulot o'tkazganiga qaramay, Benzema umuman olganda yaxshi formada. Karimda barchasi joyida, ammo u hali jismoniy mashqlar borasida ishlashi lozim. Hozir ko'p shug'ullanyapmiz va futbolchilar o'zlarini engil his qila olmayaptilar. "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng yuklamalarni biroz kamaytiramiz va shu holatda UEFA Superkubogi o'yiniga tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Anchelotti.
Havola :
Manba : realmadrid.com
Fikrlar