So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

03 noy 19:00
Yangiliklar

Futbol

Anchelotti Xamesdagi holatni Ronaldo bilan taqqosladi

Teglar :  Karlo Anchelotti
"Everton" ustozi Karlo Anchelotti hujumkor yarim himoyachi Xames Rodrigesning mavsum startidagi o'yinlari haqida gapirdi.

Mutaxassis orada braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldoni ham eslab o'tdi.

"Xamesni sotib olganimizda hamma uning jismoniy holati haqida qayg'urdi, uning bu borada Premer-ligaga moslashib keta olishi havotirga soldi. Unda birinchi to'rtta uchrashuvda nechta sprint (yugurish) bo'lganini bilasizmi? Ettita! Samarali pas va gollar unda sprintlarida ko'proq bo'ldi. Bu erda nima haqida gapirish kerak? Biz futbolchidan maydonda nimani kutamiz?

"Milan"da ishlaganimda Ronaldoni olib kelganmiz. U klubga kelganida vazni 100 kg edi. Birinchi o'yindan oldin unga shunday dedim: "Sen bilasanmi, men seni maydonga tushira olmayman. Sen vazn tashlashing kerak". U esa quyidagicha javob qaytardi: "Siz maydonda mendan nima xohlaysiz? Gol urishimnimi yoki yugurishimni? Agar maydonda yugurishimni xohlasangiz meni zaxirada qoldiring, agar golni xohlasangiz meni tushiring!"

Men uni maydonga tushirdim. U yugurmadi, lekin ikkita gol urdi. Xames bilan ham deyarli shunday tarix", - deya Anchelottining so'zlarini keltirdi "France Football".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing