29 iyu 12:07
Yangiliklar
Tennis
Anderson: "Istominni yuta olmaganimdan afsusdaman"
Janubiy afrikalik tennischi Kevin Anderson Denis Istominga qarshi o'yinda mag'lub bo'lganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"G'alaba qozona olmaganimdan juda afsusdaman. Lekin, ijtimoiy tarmoqlarda bo'lgan menga tahdidlar kayfiyatimni ko'tarib yubordi", - deya xabar qoldirgan tennischi o'z tvitterida.
"Meni haliyam qo'llab-quvvatlab turgan insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Endi Amerika xard kortlarida o'tkaziladigan turnirlar boshlanishini kutaman", - deya qo'shimcha qildi Anderson.
Havola :
Manba : SuperSportTV
Fikrlar