30 may 12:08
Yangiliklar
Andijon “Fyuchers”. Abduraimovaning kutilmagan mag'lubiyati
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada bir necha nafar tennischilarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda turnirning uchinchi raketkasi Nigina Abduraimova mag'lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz 1 soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik Anastasiya Frolovaga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Birozdan so'ng turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz Sabina SHaripova kortga chiqadi. Uning ilk davradagi raqibasi gruziyalik Maryam Bolkvadze bo'ladi.
Bugun Oqgul Omonmurodova belaruslik Anna Kubarevaga, Kamola Umarova esa hindistonlik Dxrutti Tatacharga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar