01 iyu 08:57
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Bugun Sabina final chiptasi uchun kortga chiqadi
Andijon shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida yarim finalchilar nomi malum bo'ldi. Turnirning birinchi raketkasi Sabina SHaripova bugan final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Uning raqibasi belaruslik Irina SHimanovich bo'ladi. Irina ikkinchi davrada yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimovani 6:2, 6:3, chorak finalda esa rossiyalik Varvara Flinkni 6:1, 3:6, 6:2 hisobida taslim etgandi. SHaripova esa chorak finalda turnirning beshinchi raketkasi ukrainalik Valeriya Straxovadan 6:2, 6:4 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar