31 may 15:20
Yangiliklar
Tennis
Andijon “Fyuchers”. CHorak finalga birgina vakilamiz etib keldi
Andijon shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi “Fyuchers” toifasiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada bir necha nafar tennischilarimiz o'z ishtiroklarini boshlagan edilar. Ulardan birgina Oqgul Omonmurodova chorak finalga etib keldi.
Tajribali tennischimiz bir necha daqiqa avval ikkinchi davra uchrashuvida turnirning ettinchi raketkasi, ukrainalik Valeriya Straxovani 6:3, 4:6, 7:6(2) hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, turnirning mos ravishda birinchi hamda uchinchi raketkalari bo'lgan hamyurtlarimiz Sabina SHaripova va Nigina Abduraimova ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rishgandi. Omonmurodovaning chorak finaldagi raqibasi gruziyalik Maryam Bolkvadze bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar