31 may 15:51
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Coy reytingda o'zidan 1000 pog'ona yuqoridagi tennischini mag'lub etdi
Andijon shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari o'zining hal qiluvchi pallasiga kirib boryapti.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Sanjar Fayzievdan so'ng yana ikki hamyurtimiz - Temur Ismoilov va Pavel Coy chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Musobaqada beshinchi raqam ostida harakat qilayotgan Ismoilov 63 daqiqa davom etgan uchrashuvda rossiyalik Roman Bloxinni 6:4, 6:1 hisobida engdi. Turnirda imtiyozli ravishda qatnashayotgan Pavel Coy esa musobaqaning 7-raketkasi, reytingda o'zidan 1000 pog'ona yuqorida turgan rossiyalik Markos Kalovelonisdan 6:4, 7:5 hisobida ustun keldi.
O'zbekistonlik yana bir tennischi SHonig'mat SHofayziev esa turnirning uchinchi raqamli ishtirokchisi ukrainalik Vladislav Manafovga 4:6, 0:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar