30 may 11:38
Yangiliklar

Andijon “Fyuchers”. Fayziev 6-raketkani mag'lub etdi
Erkak tennischilar o'rtasidagi turnirda ikkinchi davra ishtirokchilari malum bo'ldi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi, asosiy to'rga saralash musobaqasi orqali etib kelgan Sanjar Fayziev turnirning saralangan tennischisini mag'lub eta oldi.
Fayziev ilk bosqichda 6-raqam ostida harakat qilayotgan belaruslik Yaroslav SHilani 7:6(8), 7:6(4) hisobida taslim etdi. Endi u chorak final chiptasi uchun rossiyalik Mixail Xaldeevga qarshi kortga chiqadi. Xaldeev birinchi davrada belaruslik Ivan Liutarevichdan 7:5, 6:3 hisobida ustun keldi.
Eslatib o'tamiz, kecha Humoyun Sultonov yana bir hamyurtimiz Pavel Coyni 6:2, 6:1, saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Saidalo Saidkarimov qozog'istonlik Timur Xabibulinni 3:6, 6:1, 6:4, Botir Sapaev esa reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan ukrainalik Oleg Xotkovni 6:7(5), 6:1, 6:3 hisobida taslim etgan edi.
Fikrlar