03 iyu 11:21
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Fayziev - bosh mukofot sohibi!
Andijon shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat turnir o'z nihoyasiga etdi.
Hozirgina musobaqaning yakkalik bahslarida o'tkazilayotgan hal qiluvchi final uchrashuvi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Sanjar Fayziev hindistonlik SHriram Balajiga qarshi kortga chiqdi.
Fayziev Andijon turnirining birinchi, Balaji esa ikkinchi raqamli tennischisi sifatida etirof etilgandi. Bir soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda Fayziev raqibini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi finalga qadar belaruslik Mikalay Xalyakni 6:3, 6:2, hamyurtlarimiz Botir Sapaevni 6:4, 6:4, Pavel Coyni 6:2, 6:2, belaruslik Dmitriy Jirmontni esa 6:1, 7:6(3) hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar