31 may 08:04
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Fayziev chorak finalda!
Andijon shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollariga teng “Fyuchers” musobaqasi o'tkazilmoqda.
Erkak tennischilar o'rtasidagi turnirda ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazilib, chorak finalga yo'l olgan barcha 8 tennischining nomi malum bo'ldi. Ular orasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham bor.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi, asosiy to'rga saralash musobaqasi orqali etib kelgan Fayziev rossiyalik Mixail Xaldeevga qarshi kortga chiqdi va raqibini 6:2, 7:6(5) hisobida mag'lub etdi.
Endi Sanjar choraak finalda turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Roman Safiulinga qarshi kortga chiqadi. Roman ikkinchi davrada yana bir hamyurtimiz Botir Sapaevdan 6:1, 6:1 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar