31 may 17:45
Yangiliklar
Tennis

Andijon "Fyuchers". Sanjar Fayziev yarim finalga yo'l oldi
Andijon shahrida tennis bo'yicha "Fyuchers" turniri bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor.
Musobaqada ishtirokini davom ettirayotgan tennischimiz Sanjar Fayziev bugun turnirning uchinchi saralangan tennischisi rossiyalik Roman Safiulinga qarshi kortga chiqdi. Oson kechmagan bahsda Sanjar raqibini 4:6, 6:2, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : t.me/Tennis007
Fikrlar