29 may 16:41
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. SHaripova g'alaba bilan boshladi
Andijon shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi “Fyuchers” turniri davom etmoqda.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi mukofot jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz Sabina SHaripova musobaqaning birinchi saralangan tennischi sifatida qayd etilgan. U bugun ilk davrada yana bir tennischimiz Yuliya Kimni 6:0, 6:2 hisobida taslim etdi.
Endi SHaripova ikkinchi bosqich uchrashuvida rossiyalik Valeriya Urjumovaga qarshi kortga chiqadi. Urjumova birinchi davrada yana bir rossiyalik tennischi Polina Golubovskayadan 6:4, 6:3 hisobida ustun keldi. Turnirning ikkinchi raketkasi turkiyalik Ayla Aksuning jarohat sabab musobaqani tark etishi Sabinaning chempionlik imkoniyatlarini oshirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar