31 may 11:49
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Sultonov birinchi raketkaga qarshi kortga chiqdi
SHu kunlarda Andijon shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi tennis turniri davom etmoqda.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Erkak tennischilar o'rtasidagi musobaqada chorak finalchilar nomi malum bo'ldi. Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov ikkinchi davrada turnirning birinchi raketkasi turkiyalik Kem Ilkelga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda reytingi ancha yuqori bo'lgan Ilkel 6:4, 6:3 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Endi turkiyalik tennischi yarim final chiptasi uchun turnirning beshinchi raketkasi rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar