30 may 10:55
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. To'rt tennischimiz juftlikda 1/4 finalga chiqdi
Andijon shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning juftlik bahslarida chorak final ishtirokchilari malum bo'lyapti. Hamyurtimiz Nigina Abduraimova va rossiyalik Kseniya Likinadan iborat turnirning birinchi raqamli juftligi birinchilardan bo'lib chorak finalga chiqdi.
Nigina va Kseniya hindistonlik tennischilar Kira SHroff hamda Dxrutti Tatachar tandemini 6:1, 6:7(8), tay-brekda 10:8 hisobida mag'lub etishdi. Ularning yarim final ostonasidagi raqiblari o'zbekistonlik tennischilar - Polina Merenkova va Kamola Umarova bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar