29 may 17:15
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Uch tennischimiz ikkinchi davrada, hozircha...
Xabar berganimizdek, Andijonda tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollariga teng “Fyuchers” musobaqasi o'tkazilmoqda.
Erkak tennischilar o'rtasidagi turnirda ham ikkinchi davra ishtirokchilari malum bo'lyapti. Bugungi uchrashuvlarda hamyurtlarimizdan uch nafari g'alabaga erishib, ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Humoyun Sultonov yana bir hamyurtimiz Pavel Coyni 6:2, 6:1, saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Saidalo Saidkarimov qozog'istonlik Timur Xabibulinni 3:6, 6:1, 6:4, Botir Sapaev esa reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan ukrainalik Oleg Xotkovni 6:7(5), 6:1, 6:3 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar