29 may 08:16
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Uch tennischimizda ilk davradayoq mag'lubiyat
Andijon shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada dunyoning o'ndan ortiq davlatidan tennischilar ishtirok etyapti. Kecha o'tkazilgan birinchi davra uchrashuvlarida uch nafar tennischimiz kortga chiqdi va ularning barchasi rossiyalik kuchli raqiblaridan engildi.
SHonig'mat SHofayziev turnirning uchinchi raketkasi Roman Safiulinga 6:7(3), 1:6, Sardor Ergashev Dmitriy Macukevichga 1:6, 3:6, SHarobiddin Abzalov turnirning beshinchi tartib raqamli tennischisi Konstantin Kravchukka 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar