So’nggi yangiliklar

17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0

25 may 10:31
Yangiliklar

Kurash

Andijonda belbog'li kurash bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi

22-23 may kunlari Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida belbog'li kurash bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa ko'plab jahon va Osiyo chempionlarini tayyorlagan, sport ustasi, belbog'li kurash bo'yicha jahon chempioni, viloyat belbog'li kurash federaciyasida ijrochi direktori sifatida uzoq yillar faoliyat yuritib, yuzlab shogirdlar tayyorlashga erishgan marhum Mamasoli Ismoilovning yorqin xotirasiga bag'ishlab tashkil etildi. 

Xalqaro turnirda belbog'li kurashchilarimizdan tashqari qo'shni Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi davlatlaridan kelgan 200 nafarga yaqin sara polvonlar 8 ta vazn toifasida g'oliblik yo'lida bel olishdi. 

Dastlab xalqaro musobaqanig tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Unda so'z olgan Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda Andijon viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Rustam To'raxonovlar marhum Mamasoli Ismoilovning hayotlik chog'ida belbog'li kurash sport turini viloyatda rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari haqida to'xtalib o'tishdi hamda musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi. 

SHundan so'ng turnirga start berildi. Murosasiz va qizg'in tarzda o'tgan bellashuvlarda asosan mezbonlarning qo'li baland keldi. G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Vazn toifasi bo'yicha g'oliblar:

-57 kg: Kamron Ortiqov (Buloqboshi tumani)

-62 kg: Abdumalik Dilshodbekov (Oltinko'l tumani)

-68 kg: Oybek Sultonov (Asaka tumani) 

-75 kg: Nusratbek Sultonboev (Oltinko'l tumani) 

-82 kg: Husniddin Ro'ziev (Oltinko'l tumani) 

-90 kg: Jasur Isroilov (Oltinko'l tumani) 

-100 kg: Oybek Muhamedov (Farg'ona tumani) 

+100 kg: Azam Anvarjonov (Oltinko'l tumani)

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing