29 may 09:40
Yangiliklar
Andijonda “Fyuchers” turniri boshlandi, Fayziev 1-raketka
Hamyurtimiz Sanjar Fayziev dunyoning o'ndan ortiq davlati tennischilari ishtirok etayotgan ushbu musobaqaning birinchi raketkasi sifatida g'oliblik uchun bahslarga kirishadi. U ilk davrada belaruslik Mikalay Xalyakka qarshi kortga chiqadi.
SHuningdek, Andijon turnirining asosiy to'rida hamyurtimizdan Temur Ismoilov, Sergey Fomin, Pavel Coy, Abror Isoqov, Saidalo Saidkarimov, SHonig'mat SHofayziev, SHarobiddin Abzalov ishtirok etadi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bo'lgan Sanjar Fayzievdan tashqari Andijon turnirining bosh mukofoti uchun hindistonlik SHriram Balaji, ukrainalik Vladislav Manafov, belaruslik Dmitriy Jirmont, rossiyalik Denis Macukevichlar asosiy davolgar sifatida etirof etilyapti.
Fikrlar