28 may 13:20
Yangiliklar
Tennis

Andijonda mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollari bo'lgan "Fyuchers" musobaqasi boshlandi
Andijon shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada dunyoning o'ndan ortiq davlatidan tennischilar ishtirok etyapti. Hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov, SHonig'mat SHofayziev, Pavel Coy, SHarobiddin Abzalov, Amal Sultonbekov va Sardor Ergashev asosiy to'r bahlarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Turkiyalik Kem Ilkel Andijon turnirining birinchi, belaruslik Dmitriy Jirmont esa ikkinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar