So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

03 mar 14:43
Yangiliklar

Boshqalar

Andijondan Mo'ynoqqacha piyoda borayotgan yigitlar Jizzax viloyatida

Teglar :  AndijonMo'ynoq
Ular shu yilning 15 fevral kuni Andijon viloyatidan Mo'ynoqqacha piyoda yo'lga chiqishgan edi.

“Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmonini keng targ'ib etish maqsadida sirdaryolik Eldorbek Jo'raev hamda To'lqin Usmonov shu yil 15 fevraldan boshlab Andijon viloyatidan Mo'ynoqqacha piyoda yo'lga chiqishgan edi.

SHu kungacha ular Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyatini piyoda bosib o'tishgan holda bugun kunning ikkinchi yarmida Jizzax shahriga etib borishi kutilmoqda.

Sportchi yigitlarni Jizzax viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari hamda keng jamoatchilik iliq qarshi olishdi. Hattoki yo'ldan o'tib ketayotgan yo'lovchilar ham ular bilan ko'rishib, jasoratiga yuksak baho berib, maqsadi sari intilishlarida omad tilayotgani diqqatga sazovor.

Etiborlisi, joylarda mahalliy aholi vakillari hamda yoshlar ham ularga qo'shilishmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, yurtdoshlarimiz bu tashabbuskor yigitlarga befarq emaslar va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashmoqda.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing