28 dek 13:44
Yangiliklar
Futbol

Andrea Pirlo: “Gattuzo “Milan”da qolishga haqli”
“Milan” sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo jamoaning ayni damdagi ustozi Jennaro Gattuzodan ko'p narsa talab qilmaslik kerak deb hisoblamoqda.
“Menda Gattuzoning jamoada qolishga haqliligi borasida hech qanday shubha yo'q. 10 nafar o'yinchi jarohat olgan. U qo'lidan kelganicha hamma ishni qilyapti. Hattoki, klub qiyin davrlarni boshdan o'tkazayotganiga qaramasdan. Gattuzo “Milan”ni tark etmaydi”,— dedi Pirlo.
Avvalroq Gattuzoning jamoada ketishi aniq bo'lgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar