19 iyu 21:24
Yangiliklar
Futbol

Andrey Arshavin Eldor SHomurodov haqida gapirdi
Londonning Arsenal hamda Rossiya terma jamoasining sobiq azosi Andrey Arshavin Rossiya chempionati 2 turi doirasidagi Rostov – Spartak o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Rostov» – nima qilishni yaxshi biladigan jamoadir. SHomurodov hamda Ionov dueti esa hujumda zo'r ko'rinmoqda. «Spartak» klubiga keladigan bo'lsak, jamoa hali hamon o'z o'yinini topa olmayapti. SHuningdek, tarkibning tanlanishida ham muammolar bor. O'ylashimcha, «Rostov» vakillari «Spartak» klubiga qarshi bahsda g'oliblikka asosiy davogar hisoblanadi”, – deya qayd etgan 38 yoshli Arshavin.
Eslatib o'tamiz, «Rostov» – «Spartak» to'qnashuvi ertaga, Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar